Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 371 ta mashina gaz ballonida kamchiliklar aniqlandi
Toshkent viloyatida avtomobil gaz balloni bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 370 dan ortiq ko‘ngilsiz holat oldi olindi.
Viloyat hududida o‘tgan 7 oy mobaynida xizmat davomida transport vositalari 371 tasida o‘rnatilgan gaz ballonlarda bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, bunda o‘rnatilgan gaz ballonlari talabga javob bermasligi, tegishli ruxsat olmay o‘rnatib olingani, Vazirlar Mahkamasi qarori talablari asosida o‘rnatilmagani aniqlandi.
Holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.
Avtoulovlarni jarima maydonidan chiqarish vaqtida noqonuniy gaz ballonlari avtomobildan olingan.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
17:51 / 07.07.2026