15:04 / 08.08.2022
5426

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni import qilmoqchi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan hamkorlikka oid anglashuv memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida mazkur mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan Ajlan & Bros Holding Group Company kompaniyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida hamkorlikka oid anglashuv memorandumini ishlab chiqish muhokamasiga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ajlan & Bros kompaniyasi tomonidan hozirgi kunlarda mamlakat meva-sabzavot va asalarichilik sohalaridagi loyihalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish hamda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga import qilish ustida ish olib borayotgani ma’lum qilinar ekan, o‘zbek tomoni bilan o‘zaro hamkorlikdan manfaatdorlik bildirildi.

Mamlakat elchixonasi tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar darajasi hisobga olingan holda ikki tomon o‘rtasida hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolash taklif etildi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni tomoni memorandum loyihasini taqdim etishiga kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top