Zelenskiy G‘arbni barcha rossiyaliklar uchun chegaralarni yopishga chaqirdi
Rossiyaliklar «falsafasini o‘zgartirmaguncha o‘z dunyosida yashashi kerak», dedi Ukraina prezidenti The Washington Post nashriga intervyuda.
G‘arb davlatlari barcha rossiyaliklarning o‘z hududiga kirishini taqiqlashi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 avgust, dushanba kuni chop etilgan he Washington Post gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi ilgari kiritilgan barcha sanksiyalar Rossiya fuqarolari uchun chegaralarni bir yilga yopib qo‘yish va Rossiya energiya tashuvchilarini sotib olishga to‘liq embargo joriy etilishi bilan solishtirganda «zaifdir».
«Eng muhim sanksiyalar chegaralarni yopishdan iboratdir, chunki ruslar chet el hududlarini egallab olishmoqda, - dedi Zelenskiy. - Ular falsafasini o‘zgartirmaguncha o‘z dunyosida yashasin».
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti bu chora Ukrainadagi urush bilan kelishmovchilik tufayli mamlakatni tark etgan rossiyaliklarga ham ta’sir qilishi kerakligini ta’kidladi. «Qaysi ruslar haqida gap ketmasin, ularni Rossiyaga qaytarib yuborish kerak. O‘shanda ular tushunishadi. «Bu urushning bizga aloqasi yo‘q. Butun aholi javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shunday emasmi?» deyishadi. Bu aholi mana shu hukumatni tanlagan va unga qarshi kurashmayapti, u bilan bahslashmayapti, unga baqira olmayapti», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning takliflarini sharhlar ekan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «bu holatda fikrlashning mantiqsizligi miqyosdan chiqib ketganini» aytdi. «Bunga faqat o‘ta salbiy munosabatda bo‘lish mumkin. Rossiyaliklarni yakkalab qo‘yish yoki Rossiyani yakkalab qo‘yishga bo‘lgan har qanday urinish hech qanday istiqbolga ega bo‘lmagan jarayondir», - dedi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyani jazolamoqchi bo‘lgan» Yevropa davlatlari allaqachon «buning uchun to‘lovlarni faol to‘lamoqda». «Ertami-kechmi, bu davlatlar ham Zelenskiy hamma narsani to‘g‘ri qilyaptimi, bizning fuqarolarimiz uning injiqliklari uchun pul to‘lashi kerakmi, deb savol bilan chiqishadi», dedi Kreml matbuot kotibi.
Bir qator Yevroittifoq davlatlari Rossiya fuqarolariga vizalar berishni taqiqlash imkoniyatini faol muhokama qilmoqda. Xususan, Estoniya, Latviya va Finlandiya allaqachon bunday tashabbus bilan chiqqan. Fevral oyi oxirida YeI Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatdi. Shu bilan birga, Yevrokomissiya rossiyaliklarga vizalar berishni to‘liq to‘xtatishni rad etdi, chunki bu YeI normalariga ziddir.
Yevroittifoqda xorijliklarga, shu jumladan rossiyaliklarga qisqa muddatli Shengen vizalarini berishni taqiqlovchi hech qanday qonuniy qoida yo‘q, dedi seshanba kuni Yevrokomissiya (YeK) matbuot kotibi Anita Xipper. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, «a’zo davlatlar o‘zlarining milliy qonunchiligi doirasida uzoq muddatli vizalar yoki yashash uchun ruxsatnomalarni berishni cheklash yoki to‘xtatish imkoniyatiga ega». «Shu bilan birga, qisqa muddatli vizalar berishni tartibga soluvchi viza kodeksida ularni taqiqlash tartib-taomillari nazarda tutilmagan», — dedi Xipper Bryusseldagi matbuot anjumanida.
«Har doim vizalar berilishi kerak bo‘lgan odamlar toifalari bo‘ladi. Masalan, gumanitar ishlarda. Shuningdek, oila a’zolari, jurnalistlar yoki dissidentlar uchun», - deya tushuntirdi u. Shu bilan birga, YeK vakili «a’zo davlatlar qisqa muddatli viza olish bo‘yicha har bir so‘rovni muayyan vaziyatdan kelib chiqib ko‘rishi kerak», deya aniqlik kiritdi.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024