Muhojir atamasi öz vatanidan ma’lum sabablarga köra, boşqa hududga köçib ketgan kişilarga nisbatan işlatiladi. Şu köçib ketiş sababi işlaş, mehnat qiliş bölganlarga mehnat muhojiri deyilsa, bugun yana bir atama – “iqlim muhojiri” faol qöllanilmoqda.
Iqlim muhojirlari kimlar?
Ma’lum bir hudud tabiati asl holatidan özgarib ketib, ortiq odam yaşaşi qiyin bölgan hududga aylansa, mahalliy aholi u yerni tark eta boşlaydi. Bunday joyda yaşaş, tirikçilik qiliş, hayot keçiriş oğirlaşgan yoki umuman ilojsiz bölib qoladi. Qurğoqçilik, dengiz sathining kötarilişi, qişloq xöjaligi yerlarining yaroqsiz holga kelişi, toşqinlar odamlarni tirikçilik qiliş osonroq hududlarga köçib ketişga majbur qiladi va bundaylarga iqlim muhojirlari deyiladi.
Bu atama insoniyat uçun yangilik emas. Asrlar davomida turli tabiat özgarişlari, muzlik davrlari yoki vulqonlar sabab ham odamlar özlariga qulay joylarga köçib yurişgan.

Eng köp köçişlar yuz berayotgan hududlar
Içki köçiş migratsiya markazi (Internal Displacement Migration Centre)ning 2022 yilgi hisobotiga köra, 2021 yil xalqaro miqyosda 38 million içki köçiş qayd etilgan. Buning 23,7 millioniga turli tabiiy ofatlar sabab bölgan. Bu köçişlarning 94 foizdan ortiği böronlar, suv toşqinlari va qurğoqçilik kabi ob-havo bilan boğliq xavf-xatarlar natijasi bölib, ular asosan Şarqiy Osiyo, Tinç okeani va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.
2021 yilda tabiiy ofatlar tufayli eng köp içki köçişlar Xitoy – 6 million kişi, Filippin – 5,7 million kişi, Hindiston – 4,9 million kişi, Kongo – 888 ming kişi va Vetnam – 780 ming kişiga töğri kelgan.

Yaqin 30 yillikdagi ehtimollar
Qurğoqçilik va dengiz sathining kötarilişi odamlar hayotiga asta-sekinlik bilan ta’sir qiladi. Jahon bankining Groundswell hisobotiga köra, agar 2050 yilgaça issiqxona gazlarini kamaytiriş böyiça jiddiy çora körilmasa, iqlim özgarişi dunyoning olti mintaqasi – Sahroyi kabir, Janubiy Osiyo, Lotin Amerikasi, Şarqiy Osiyo va Tinç okeani, Şimoliy Afrika, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 216 million odamning köçişiga sabab böladi.

Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo panel (The Intergovernmental Panel on Climate Change) 1990 va 2100 yillar oraliğida dengiz sathi jami 0,18dan 0,6 metrga kötarilişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Va bu bilan boğliq muammolar allaqaçon boşlangan.
Masalan, Bangladeş aholisining qariyb yarmi dengiz sathidan 5 metr pastroqda yaşaydi. 1995 yilda Bangladeşdagi Bhola orolining yarmi dengiz sathining kötarilişi natijasida suv ostida qolib, 500 ming kişi boşpanasidan ajralgan. Taxminlarga köra, mamlakat 2050 yilga borib suv toşqinlari sabab yerlarining 17 foizini yöqotadi. Bu Bangladeşda 20 millionga yaqin iqlimiy qoçqinlar paydo bölişiga olib kelişi mumkin.
Bundan taşqari, Hind okeanida joylaşgan Maldiv, Marşal orollari va Italiyada joylaşgan Venetsiya şahri ham suv ostiga ğarq bölayotgan hududlar orasida oldingi örinlarda turadi.

Suv sathi kötarilişi bilan quruq yerlarning tobora çöllaşib borişi ham davom etyapti. Masalan, Xitoydagi Gobi çöli har yili 3600 kvadrat kilometrga kengaymoqda. Natijada dehqonçilik hududi çölga aylanayotgan aholi yaşaş uçun Xitoyning boşqa şaharlariga köçib ketişmoqda.

Marokaş, Tunis va Liviya esa har yili çöllanmiş sabab 1000 kvadrat kilometrdan köproq unumdor yerlarini yöqotmoqda. Aholi esa Afrikaning şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan Mağrib yoki Yevropadan boşpana izlaşga majbur bölmoqda.
Orol sabab bölayotgan iqlim muhojirlari
Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismi qişloqlarda yaşaydi. Mintaqaning ayrim davlatlarida yalpi içki mahsulotining 45 foizigaça qismi, iş örinlarining 20-50 foizigaça qismi qişloq xöjaligi bilan boğliq. Bu Markaziy Osiyoning öz yerlaridan köproq xavotirlanişi kerakligiga işora. Mintaqada kuzatilayotgan qurğoqçilik va boşqa ekstremal ob-havo şaroiti suv resurslarining çeklanişiga va yerning degradatsiyasiga olib kelmoqda. Bu esa köçişlarni tezlaştiradi.
Xususan, Özbekiston Orol dengizining qurişi Qoraqalpoğiston aholisining yaşaş şaroitlariga jiddiy ta’sir qilmoqda. Orolning janubida joylaşgan Möynoq tumani esa dengizning qurişidan eng köp aziyat çekadigan hudud bölib qolmoqda.

Hukumat tuman aholisi yaşaş şaroitlarini yaxşilaş uçun çoralar körmoqda. Masalan, 2021 yilda tuman aholisiga 5 million sömdan tarqatilgan bir martalik yordam puli, “Möynoqqa madad” xayriya ekovelomarafoni va boşqa qator iqtisodiy çoralar ma’lum ma’noda ularni rağbatlantirgan. Lekin hudud ekologiyasini yaxşilaş imkonsizligiça qolmoqda. Bu öz-özidan aholining öz yerlarini taşlab ketişiga, iqlim muhojirlarining paydo bölişiga sabab bölaveradi.
Zuhra Abduhalimova tayyorladi.












