Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya va Latviya Xitoy bilan hamkorlik bo‘yicha «17+1» formatidan chiqdi
Tallin va Riga «17+1» formati o‘rniga Pekin bilan ikki tomonlama asosda va YeI hamda XXR o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish orqali «konstruktiv va pragmatik munosabatlar»ga intilishini bildirdi.
Foto: Getty Images
YeI va NATOga a’zo bo‘lgan Estoniya va Latviya endi Xitoy bilan «17 plyus 1» deb ataluvchi formatda hamkorlik qilmoqchi emas. Buning o‘rniga, ikkala davlat Pekin bilan ikki tomonlama asosda va YeI hamda Xitoy o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish orqali «konstruktiv va pragmatik munosabatlar»ga intiladi. Bu haqdagi xabar 11 avgust, payshanba kuni Tallin va Riga Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan e’lon qilindi. 2021 yilning may oyida Litva «17+1» formatidan chiqdi.
«Xitoy bilan «17 plyus 1 » hamkorlik formati keraksiz bo‘lib qoldi va Litva undan chiqib ketishidan ancha oldin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Endi Latviya va Estoniya eshikni yopmoqda», deb yozdi Litva TIV rahbari Gabriyelius Landsbergis Twitter’da.
Uning fikricha, Pekin bilan umumevropa hamkorlik formati avvalgi platformani almashtirishi kerak. U «YeI 27+1» bilan almashtirilishi kerak», dedi Landsbergis.
2021 yil noyabr oyi oxirida Vilnyus Tayvanning rasmiy vakolatxonasini o‘zida ochgach, Pekin Litva bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirdi, ayni paytda dunyoning aksariyat mamlakatlarida Tayvan poytaxti Taypeyning vakolatxonalari mavjud bo‘lib, bu XXR bilan mojarolarning oldini olishga yordam beradi. Dekabr oyi boshida XXR va Litva o‘rtasidagi savdo aloqalari to‘liq to‘xtatildi.
Mavzuga oid
09:17
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
08:56 / 25.04.2026