Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrim aerodromida yakson bo‘lgan samolyotlar, Xarkivga tongotarda kelgan raketa. Urush suratlari
Ukrainada urushning 169-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:
- 11 avgustga o‘tar kechasi Kramatorsk, Nikopol va Xarkiv yana rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. Nikopolda uch kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.
- Amerikaning Planet Labs kompaniyasi Qrimdagi Saki aerodromining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarini e’lon qildi, fotosuratlarda yo‘q qilingan samolyotlar qoldiqlari aks etgan. Rossiya texnikaga shikast yetmaganini ma’lum qilgandi.
- Latviya Rossiyani terrorizmni qo‘llovchi davlat sifatida tan oldi. Estoniya o‘zi tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan Rossiya fuqarolari uchun chegaralarni ayrim istisnolar bilan yopishga qaror qildi.
- CNN o‘z surishtiruvida rossiyalik harbiylarning Olenivkadagi qamoqxonaga zarba Ukrainaga amerikaliklar tomonidan yetkazib berilgan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi orqali yo‘llangani haqidagi versiyasini rad etdi.
- McDonald's Kiyev va Ukraina g‘arbida bosqichma-bosqich restoranlar tarmog‘i ochilishi haqida e’lon qildi.
- Zaporijjya AESga yana zarba berildi. Rossiya va Ukraina bu hujumda yana bir-birini aybladi.
Quyida 11 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.
Qrim
Planet Labs PBC / AP / Scanpix / LETA
Qrimning Novofedorovka posyolkasi hududidagi 9 avgust kuni portlashlar sodir bo‘lgan Saki aerodromining 10 avgust kungi ko‘rinishi. Jurnalistlar va ekspertlar tasvirlarni tahlil qilishgan va uni portlashdan oldin olingan fotosuratlar bilan taqqoslashgan. CNN baholariga ko‘ra, aerodromda kamida yettita samolyot yakson qilingan. BBC rus xizmati, The New York Times va Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) yozishicha, aerodromda kamida sakkizta samolyot yonib ketgan, ukrainlarning «Sxema» nashri hisobiga ko‘ra — to‘qqizta. RF Mudofaa vazirligi hodisa ro‘y berishi bilanoq yong‘in o‘q-dorilar detonatsiyasi oqibatida ro‘y bergani va aerodromdagi aviatsiya texnikasi shikastlanmaganini ma’lum qilgandi.
Donetsk
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv
Mavzuga oid
09:49
FT: Rossiya sulhni buzsa, g‘arb 72 soatda harbiy javob berishni ko‘zlamoqda
09:34
Ukraina Rossiya zarbalaridan so‘ng muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqadi
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
21:38 / 03.02.2026