Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
Bojxona qo‘mitasining “Yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekiston davlat bojxona xizmati organlari va tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan bojxona xizmati organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
TIF ishtirokchilariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlari belgilash orqali yanada shart-sharoitlar yaratilmoqda:
- tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash yuzasidan dastlabki qarorni qabul uchun;
- O‘zbekistonga import qilingan va undan eksport qilingan tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
- eksport shartnomalarini tuzish jarayonida tovarlarni TIF TN bo‘yicha klassifikatsiya qilish hamda xulosalarni olish;
- TIF ishtirokchilari uchun bojxona ishi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etish;
- iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi tashkilotlar importi va eksporti to‘g‘risida ma’lumot olish;
- bojxona yuk deklaratsiyalarini yuklab berish;
- murakkab bo‘lgan tekstil matolar kimyoviy xususiyati va tarkibini aniqlash;
- milliy kinologiya markazi tomonidan tor doiradagi veterinariya hamda kinologiya xizmati va boshqalar;
- bildirilishicha, loyihada belgilangan xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida TIF ishtirokchilari vaqt sarfi, tovar uchun bir tashkilotga murojaat qilishi, sifatli hamda qonunlarga asoslangan hujjatlarni olishi imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
13:32 / 21.02.2026
Endi chiqindi xizmatlarida faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov hisoblanadi
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi
13:22 / 03.03.2025