2025 yil 1 martdan boşlab kunduzgi parvariş xizmati yönalişida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş joriy etiladi.
Bolalarni kunduzgi parvariş xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik şaxslar tomonidan körsatilişi mumkin. Bunda ularning davlat şeriklari Qoraqalpoğiston, viloyatlar va poytaxtdagi Aholini ijtimoiy himoya qiliş milliy agentligi bölinmalari hisoblanişi belgilangan.
Kunduzgi parvariş xizmatlarini körsatiş sohasida davlat-xususiy şeriklik şartnomalari Agentlikning "Bolalarga kunduzgi parvariş xizmatlari boşqaruvi" axborot modulida elektron tarzda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi.
"Inson" aholiga ijtimoiy xizmat körsatiş markazlari xususiy şerik tomonidan davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim şartlarining tegişli tarzda bajarilişi ustidan nazorat amalga oşiradi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini yaratiş maqsadida 2025 yil 1 martdan pilot tartibida "Andijon viloyat aholiga ijtimoiy xizmat körsatiş markazi" davlat muassasasi taşkil etiladi.
Xususiy şerikka kompensatsiya quyidagi şartlar bajarilganda tölanadi:
- guruhga kamida 4 nafar bola qabul qilinganda;
- "Kunduzgi parvariş xizmatini boşqariş" axborot moduliga kunduzgi parvariş xizmati doirasida taşkil etilgan har bir guruhga qabul qilingan bolalar töğrisidagi ma’lumotlar kiritilganda.
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kunduzgi parvariş xizmatidan bir kun foydalanganlik uçun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
- 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan har bir bola uçun BHMning 25 foizi;
- 7 yoşdan 18 yoşgaça bölgan har bir bola uçun BHMning 27 foizi.
Viloyat markazlari, Toşkent va Nukus uçun subsidiya miqdori 1,1 oşiruvçi koeffitsiyent qöllaş orqali belgilanadi.
Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning har bir nogiron bolasi uçun subsidiyaning umumiy miqdoridan 30 foiz miqdorida qöşimça mablağ tölanadi.
Kunduzgi parvariş xizmati taşkil etilgan joydan 3 km radiusdan ortiq masofada yaşovçi bolalarning kelib-ketişi uçun xususiy şerik tomonidan transport xizmati yölga qöyilganda, tarbiyalanuvçining mazkur xizmatga amalda qatnaşgan kunlari sonidan kelib çiqib, bir oy uçun BHMning 75 foizigaça miqdorida kompensatsiya tölanadi.











