Hujjat bilan 2025 yil uçun xizmatlar sohasini rivojlantirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari belgilandi:

  • xizmatlar hajmini 15 foizga oşiriş;
  • sohada 3 million kişini daromadli mehnat bilan ta’minlaş;
  • 52,2 mingta xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş.

Prezidentning "Xizmatlar sohasini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida nazarda tutilgan 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qiliş muddati 2028 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

2025 yilda quyidagilar rejalaştirilgan:

  • xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun 67,4 trillion söm miqdorida kredit mablağlari;
  • xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş uçun developerlar orqali tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni lizingga berişga 4,5 trillion söm miqdoridagi mablağlar yönaltirilişi rejalaştirilgan.

2025 yil 1 iyuldan boşlab xususiy sektorga ötkaziladigan davlat xizmatlari va funksiyalari röyxati tasdiqlandi.

2025 yil 1 apreldan boşlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik sub’yektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar (röyxat böyiça) aniqlanganda:

  • birinçi marta ogohlantiriş beriladi;
  • ogohlantirişdan söng uç kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekşiruvini ötkazişga asos böladi; sayyor soliq tekşiruvi faqat qarorga 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar böyiça amalga oşiriladi, şuningdek uni tekşiruv boşlangandan söng 24 soat içida "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida röyxatga oliş orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etiş tartibida amalga oşirişga ruxsat etiladi;
  • sayyor soliq tekşiruvi natijalari böyiça rasmiylaştirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekşiruvi böyiça qaror qabul qiliş uçun asos bölib hisoblanadi. 

2025 yil 1 maydan boşlab "Soliq xavfini aniqlaş, tahlil qiliş va baholaş" avtomatlaştirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yaşiriş (kamaytirib körsatiş) holatlari böyiça ötkaziladigan soliq tekşiruvlariga tekşiruvlarning boşlanişi haqida kamida 10 iş kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini xabardor qiliş talabi tatbiq etilmaydi.