Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan nodavlat ta’lim muassasalari aniqlandi
Fuqarolarning mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan nodavlat ta’lim muassasalari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departament Qo‘qon va Farg‘ona shahar bo‘limlari tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Unda, “M.A.” va “V.I.” nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari fuqarolarni aldab, internet ijtimoiy tarmoqlarida nodavlat ta’lim muassasa kanallarini ochib, ushbu ta’lim maskanlarini bitirgach bakalavr darajasini beruvchi xalqaro diplomga ega bo‘lishini aytib, “M.A.” ta’lim muassasasi 174 nafar fuqaro 1,1 mlrd so‘mini, “V.I.” ta’lim muassasasi 171 nafar fuqaro 1 mlrd so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
“V.I.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari N.A. fuqarolardan undirgan mablag‘lari hisobidan “Lada Vesta” rusumli avtotransport vositasini xarid qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) hamda 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
“Mamlakat hududida mavjud nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishdan avval, ular O‘zbekistonda tan olinganiga rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi departament xabarida.
Mavzuga oid
08:47
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
14:16 / 14.05.2026
Migratsiya agentligi sobiq xodimi xalqaro qidiruvga berildi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
20:48 / 09.05.2026