Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 7 oyda qariyb 550 mln dollarlik meva va sabzavotlarni chetga sotdi
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 550 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 968 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 127 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 7 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmida sabzavotlar yetakchi bo‘lib turibdi – 607 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha:
- meva va rezavorlar – 186 ming tonna;
- karam – 130 ming tonna;
- tarvuz-qovun – 98,1 ming tonna;
- pomidor – 57,6 ming tonna;
- mayiz – 41,4 ming tonna;
- uzum – 23,2 ming tonna;
- quritilgan meva va rezavorlar – 22,3 ming tonna;
- yeryong‘oq – 12,3 ming tonna.
Mavzuga oid
07:31 / 11.11.2025
“Meva bum”i: Xitoy ulushi global savdoni o‘zgartirmoqda
08:53 / 05.11.2025
O‘zbekistonda 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirildi: Andijon va Samarqand peshqadam
07:45 / 18.09.2025
O‘zbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi
11:33 / 10.07.2025