O‘zbekiston | 10:48 / 18.08.2022
4565
1 daqiqa o‘qiladi

Nogironlik pensiyasini oluvchi ishlayotgan fuqarolarga qator imtiyozlar beriladi

Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Hujjatda “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiya tayinlangandan keyingi kamida 1 yillik mehnat davri ular oylik daromadidan kelib chiqib har 2 yilda qayta hisoblanishi va pensiya miqdoriga qo‘shib borilishi nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda qonun loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar imkoniyati cheklangan fuqarolar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, og‘irini yengil qilish, oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qo‘mita a’zolari qonun loyihasini Qonunchilik palatasi navbatdagi kengash yig‘ilishi va yalpi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid