Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi qonunçilik hujjatlari takomillaştirilganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ularning ayrimlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Hujjat "Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilişni yanada kuçaytirişga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qonunni ijro etiş, şuningdek fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni özaro muvofiqlaştiriş maqsadida qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
- pensiyalarni tayinlaş va tölaş tartib-taomillarini raqamlaştiriş hisobiga ortiqça byurokratik yukni bartaraf etiş;
- pensiya tayinlanganligi töğrisidagi qoğoz ma’lumotnomani beriş bekor qilinişi munosabati bilan ma’lumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda şakllantiriş;
- tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qiliş;
- ma’muriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga özgartirişlar kiritiş.
Hujjat bilan quyidagilarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:
- Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizom;
- Fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablağlarni tölaş tartibi töğrisidagi nizom;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi töğrisidagi nizom.











