O‘zbekiston | 07:42 / 18.08.2022
8510
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tadbirkorlari 13,1 mlrd dollarlik shartnomalar imzoladi

Jidda shahrida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashi 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi chog‘ida joriy yil 17 avgust kuni Jidda shahrida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashi 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muhokamalar sessiyasi davomida ishtirokchilar aniq loyihaviy takliflar, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar va tashqi savdo faoliyatini himoya qilish mexanizmlari, boshqa kompaniyalar muvaffaqiyatli tajribalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

G2B va B2B formatlaridagi uchrashuvlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini tahlil qilish, bo‘lajak sheriklar manfaat va ehtiyojlarini tushunish, yangi g‘oyalar va investitsiya loyihalarini muhokama qilish imkonini berdi.

Ishbilarmonlar kengashi 4-yig‘ilishi yakunida kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda energetika, kimyo sanoati, infratuzilmaviy va uy-joy qurilishi, farmatsevtika, tibbiyot, transport va logistika sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini belgilab beruvchi 15 ta qo‘shma hujjat imzolandi. 

Shartnomalar umumiy miqdori 13,1 mlrd dollardan oshdi va bu ikki mamlakat o‘rtasidagi so‘nggi 30 yillik munosabatlar tarixidagi eng katta natija.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid