Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekistonda band aholining 45 foizini ayollar tashkil qiladi” – Senat raisi
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy dasturda xotin-qizlarga oid masalalarga mamlakat budjetidan 700 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.
Toshkent shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Xotin-qizlar Forumi doirasida ShHTga a’zo mamlakatlar tadbirkor ayollarining birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘zga chiqqan Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi ulushi haqidagi statistikaga to‘xtaldi.
Senat raisi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollarning parlamentdagi ulushi 33 foizni (2016 yilda – 16 foiz) tashkil etib, bu bo‘yicha O‘zbekiston 190 davlatning ichida 45-o‘ringa ko‘tarilgan. Davlat boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlarining 27 foizini ayollar egallagan. Shuningdek, tadbirkor ayollar ulushi 39 foizni tashkil etadi.
“Respublikada band aholining 45 foizini ayollar tashkil etadi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bilim olishini qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni talabga ega kasblarga o‘rgatish, kambag‘allik va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur tasdiqlandi. Uni amalga oshirish uchun mamlakat budjetidan 700 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratilmoqda”, – dedi Norboyeva.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026