O‘zbekiston | 10:27 / 19.08.2022
11023
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazida bir necha ko‘chalar avtomobillar harakati uchun yopiladi

19 avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxt bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

  • Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha. 

Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid