Xitoyda baliqlar ham koronavirusga tekshirilmoqda
Syamen shahrida nafaqat ovdan qaytgan baliqchilar, balki ular tutib kelgan baliqlardan ham COVID-19ga test olinmoqda.
Xitoyda dengizda tutilgan baliqlardan ham koronavirusga test olinadi, deb xabar berdi dpa agentligi.
Syamen shahri sog‘liqni saqlash departamenti vakili mazkur port shaharda nafaqat ovdan qaytgan baliqchilar, balki ular tutib kelgan baliqlardan ham COVID-19ga test olinayotganini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar Tszimey rayon hokimiyatining maxsus farmoyishiga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Xitoy hozirda "nol darajadagi kovid" strategiyasiga qat’iy amal qilmoqda. Mamlakat xorijliklar uchun yopiq. Xitoyga kirishiga ruxsat berilgan xorijliklar mehmonxonada yetti kun karantinda, so‘ngra esa uch kun kuzatuv ostida bo‘ladi. Katta shaharlar aholisi har uch kunda test topshirishi lozim.
Juma kuni XXR sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi COVID-19 yuqtirish bilan bog‘liq 500dan ortiq yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
22:18 / 11.11.2024
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega tijoriy raketani uchirdi
16:03 / 11.11.2024