Jahon | 22:32 / 22.08.2022
11991
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning yangi bosh vaziri nomi 5 sentabr kuni e’lon qilinadi - Sky News

Bosh vazir saylovining yakuniy bosqichiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak chiqqan.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri nomi 5 sentabr kuni e’lon qilinadi, deb xabar berdi Sky News telekanali torilar partiyasi ham raisi Endryu Stefensonning maktubiga asoslanib.

«Natijalar 5 sentabr dushanba kuni Vestminsterdagi markaziy joylardan birida soat 12:30da e’lon qilinishini tasdiqlashdan xursandman», — deyiladi maktubda.

Bosh vazir saylovining yakuniy bosqichiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak chiqqan.

Oxirgi turda konservativ partiyaning barcha a’zolari ovoz berishi orqali g‘olib aniqlanadi.

Boris Jonson 7 iyul kuni mamlakat bosh vazirligi va konservativ partiya rahbarligidan ketishini ma’lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid