O‘zbekiston | 15:26 / 22.08.2022
4291
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha 2 trln so‘mlik qarzlaridan voz kechiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha 2 trln so‘mlik qarzlaridan voz kechiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Joriy yil 1 iyuldan boshlab bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilingan edi.

Avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

«Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?» - deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlat rahbari.

Prezident ilgari surgan ikkinchi tashabbus – tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir. Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Uchinchi yo‘nalish haqida so‘z yuritar ekan, prezident kredit berish masala faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi. Shu sababli, tuman va shaharlar sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid