Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi
Oliy ta’lim kengashi nodavlat OTMlar rahbarlarini yig‘ib, kontraktdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazib berish to‘g‘risida shartnoma tarqatdi, deya ma’lum qildi iqtisodchi Yuliy Yusupov. Bunday talab o‘tgan oyda ham qo‘yilgandi. Oliy ta’lim vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban xususiy OTMlarga bunaqa shartnoma tarqatilganini rad etdi. Jamoatchilik faollari qonunsizlikni qoralamoqda.

Ochiq manbalardan olingan surat
Nodavlat OTMlardan oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontraktdan tushadigan mablag‘ning 4 foizini o‘tkazib berish talabi yana kun tartibiga chiqdi. Iqtisodchi Yuliy Yusupovning yozishicha, xususiy oliygoh rahbarlari bilan majlis o‘tkazilib, ulardan kontraktdan tushadigan mablag‘ning 4 foizini o‘tkazib berish so‘ralgan. Yusupovga ko‘ra, rektorlarga shartnomalar tarqatilib, ularga bu vaziyatda “jamoatchilik va deputatlar yordam bera olmasligi” aytilgan.
Xuddi shu talab dekabr oyida ham qo‘yilgan, o‘shanda masalaga jamoatchilik e’tibor qaratishi ortidan, deputat Dilmurod Ortiqov oliy ta’lim vaziri va bosh prokurorga deputatlik so‘rovi kiritgandi.
Holat takrorlangani haqilagi xabar ham ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarshi olindi. Birinchilardan bo‘lib munosabat bildirgan iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, mas’ullar bu holatda “sal esdan chiqsin, bilganimizni qilamiz” qabilida ish tutmoqda.
“Ixtiyoriy-majburiy tuzdirilayotgan shartnomalar haqida o‘tgan kuni universitet ochgan tadbirkorlar aytganda, to‘g‘risi, ishonmagandim. Kimgadir litsenziyasini tortib olib qo‘yish, kimgadir tekshirish uyushtirib, bo‘yniga “ayb” qo‘yish bilan tahdidlar bo‘lgan. Bu – 2015 yildagi qip-qizil eski O‘zbekiston. O‘z ixtiyori bilan “shartnoma tuzib”, 4 foizlik tovon to‘lamaganlarga qarshi bu ketishda reketchilar “maski shou” uyushtirishsa ham kerak”, – deydi u.
Profi universiteti asoschisi Bektosh Hotamov holat haqida universitet rahbarlari bilan gaplashgani, ularga hech kim shartnoma bermaganini yozgan. Lekin bu rost bo‘lsa, holat 90-yillarni eslatishiga ishora qilgan.
“O‘zi “soliq” solmoqchimisiz? Bu sizning tilingizda “dolya” deyiladi, shu “dolya” berilmasa, nima bo‘ladi? O‘ldirib yuborasizlarmi? 90-yillarga qaytamizmi? Agar shartnoma deb ayta olsak, o‘sha yuridik jihatdan bir tiyinga qimmat shartnomaga amal qilmasa, nima bo‘ladi? Osmon qo‘lingizda bo‘lsa, tashlab yuboring-ye, shu boshimizga tushib, o‘lib qolaylik”, – degan Hotamov.
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev ham voqeaga salbiy munosabatda ekanini aytib, xususiy OTMlarga“soliq solinayotgani”ni erkinlikni cheklash deb hisoblashini yozgan.
“… Konstitutsiya, prezident, parlamentni aylanib o‘tib, xususiy universitetlarga “soliq” ham solinyapti. Yangi xususiy universitetlarni ochish necha yildan beri “taqiqlab qo‘yilgani” haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Mana shuncha g‘alatiliklar fonida O‘zbekistonning 2018–2019-yillari hatto Amerikada ham bo‘lmagan erkinlik zamonidek ko‘rinyapti hozir”, – deya yozgan A’zamxo‘jayev.
Iqtisodchi Behzod Hoshimovning so‘zlariga ko‘ra, davlatchilik, institutsional tiyib turish va qonuniy tartib nuqtayi nazaridan qaraganda, xususiy OTMlarga norasmiy “soliq” solish – o‘ta katta narsa.
“To‘g‘ri, bu – millionlab insonlarning ta’limi uchun yomon ekanini va ta’lim sanoati uchun yomon ta’siri, albatta, ayanchli va aytilishi kerak bo‘lgan masala. Lekin ancha jiddiyroq qismi, mamlakatdagi tashkilotlarni majburiy to‘lov, ya’ni soliqqa tortilishi qonuniy manzil – Oliy Majlis orqali emas, qonun qabul qilib, Soliq kodeksi orqali emas, bir yig‘ilishning protokoli orqali bo‘lishi ancha jiddiyroq masaladek ko‘rinyapti menga”, – deydi Hoshimov.
Kun.uz Yuliy Yusupov yozgan ma’lumotni aniqlashtirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik vakili hech qaysi OTMga hech qanday shartnoma tarqatilmagani, Oliy ta’lim kengashi qarorlari qonuniy kuchga ega emasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlik 27 dekabrdagi bayonotida ham Respublika oliy ta’lim kengashining qarorlari majburiy kuchga ega emasligi, chunki kengash nodavlat-notijorat tashkiloti ekanini qayd etgandi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

09:15 / 15.06.2025
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

12:34 / 12.06.2025