Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi
2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.
Prezident raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ilg‘or korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘ olib kelishni boshlagan.
Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi.
Yil yakunigacha kamida 200 nafar tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi ta’kidlandi.
2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.
Mavzuga oid
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
10:38 / 31.03.2026
Toshkentda xalqaro moliya markazi va xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi
09:08 / 23.12.2025
O‘zbekiston kapital bozorida zamonaviy moliyaviy instrumentlar joriy etiladi
11:26 / 28.11.2025