Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyadan neft sotib olishni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga ko‘paytirdi
Mamlakatga Rossiyadan neft import qilish sutkasiga 200 ming barreldan ortiqroqqa yetgan.
Joriy yilda Turkiya Rossiyadan neft sotib olishni ikki baravarga ko‘paytirdi, deb xabar berdi Reuters.
Mamlakatga Rossiyadan neft import qilish sutkasiga 200 ming barreldan ortiqroqqa yetgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich sutkasiga 98 ming barrelni tashkil etgan.
Refinitiv Eikon ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning Tüpraş va STAR neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyaning Urals va Siberian Light navli neftini sotib olishni ko‘paytirgan.
Yil boshidan buyon STAR sutkasiga 90 ming barrelga yaqin, Tüpraş esa 111 ming barrel neft import qilmoqda.
2022 yilning birinchi yarim yilligida Rossiya Turkiyaga mahsulot eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Turkiya Rossiyadan 27,7 mlrd dollarlik mahsulot sotib olgan. Keyingi o‘rinda Xitoy turibdi – 20,1 mlrd dollarlik mahsulot.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026