Jamiyat | 20:48 / 23.08.2022
12798
2 daqiqa o‘qiladi

YeIning Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlari o‘z hududlariga rossiyaliklarning kirishini taqiqlashi mumkin 

29 avgust kuni Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiya fuqarolariga Shengen vizasi berishni taqiqlash masalasini muhokama qiladi.

Foto: TASS

Yevroittifoqning Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlari o‘z hududlariga rossiyalik turistlarning kirishini taqiqlashi mumkin. Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Finlandiyaning ana shunday rejasi to‘g‘risida ma’lum qildi.

"Men bu mamlakatlar vazirlari bilan gaplashdim. Bu borada kelishmovchiliklarni ko‘rmayapman", - dedi u.

Shuningdek, Latviya tashqi ishlar vaziri 29 avgust kuni bu mamlakatlardagi hamkasblari bilan mintaqaviy viza taqiqini muhokama qilmoqchiligini aytdi. 

"Yevropa ittifoqida rossiyalik turistlar bo‘lmasligi kerak. Ularning mamlakati genotsidni amalga oshirmoqda", - deb ta’kidladi Landsbergis.

29 avgust kuni Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiya fuqarolariga Shengen vizasi berishni taqiqlash masalasini muhokama qiladi. Bu borada asosiy tashabbuskorlar Rossiya bilan chegaradosh davlatlardir. 

Germaniya kansleri va Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel rossiyaliklarga viza berilishi taqiqlanishiga qarshi chiqmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid