Jahon | 07:35 / 23.08.2022
13636
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya rahbari Putinga qarshi ayblovlar bilan chiqdi

Stalinizm va natsizm qurbonlarini xotirlash kunida YeI komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Putin urush dahshatlarini Yevropaga qaytarganini aytdi.

Foto: Getty Images

23 avgust, seshanba kuni nishonlanadigan Yevropada stalinizm va natsizm qurbonlarini xotirlash kuni - butun totalitar va avtoritar tuzumlar qurbonlarini xotirlashning umumevropa kuni munosabati bilan, Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi, nemis siyosatchisi Ursula fon der Lyayyen Rossiya davlati rahbari Vladimir Putinni keskin tanqid qildi

«Bu yil Putin urush dahshatlarini Yevropaga qaytardi va tinchlikni oddiy hol sifatida qabul qilib bo‘lmasligini eslatdi», — dedi Yevrokomissiya rahbari. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi noqonuniy va asossizdir, dedi u. 

Bundan tashqari, Rossiya davlati nazoratidagi tashviqot tarixni buzib, fitna nazariyalarini tarqatmoqda va bunga qarshi chiqqan har bir kishi jazolanmoqda. Ukraina o‘z pozitsiyasini himoya qilmaguncha tinchlik bo‘lmaydi, deydi fon der Lyayyen. 

«Ukraina fuqarolari bizning ittifoqimiz asos bo‘lgan qadriyatlarni himoya qilish uchun o‘z jonlarini berishyapti», dedi Yevrokomissiya rahbari.

Yevroparlament tomonidan e’lon qilingan Stalinizm va natsizm qurbonlarini xotirlash Yevropa kuni 2009 yildan beri 23 avgust kuni nishonlanadi. 1939 yilda, shu kuni Germaniya va SSSR o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma, hududiy va siyosiy qayta tashkil etilgan taqdirda Yevropadagi tomonlarning Finlandiya, Latviya, Estoniya, Litva va Polsha tarkibiga kiruvchi hududlar «manfaat doiralari chegaralarini» belgilovchi maxfiy qo‘shimcha protokol imzolandi. 1939 yil 1 sentabrda Germaniya-sovet ittifoqi hujum qilmaslik to‘g‘risidagi pakti Germaniyaning Polshaga bostirib kirishiga zamin yaratgan hujjat hisoblanadi.

Mavzuga oid