Zominda ayiq ikki kishini o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Ekoqo‘mita ma’lumot yolg‘on ekanini bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgani hamda ayiq ovchilar tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi.

Foto: National geographic
Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazdi va ushbu xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan holat aslida Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Amur oblasti Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi fuqarolardan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘ragan va O‘zbekiston qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning avgust oyi oxirlarida Jizzax viloyati Baxmal tumanida Qizil kitobga kiritilgan ayiq noma’lum kishilar tomonidan qo‘yilgan qopqonga tushib qolgandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09 / 02.04.2025
-
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Jahon | 23:07 / 02.04.2025
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37 / 02.04.2025
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

10:10 / 27.12.2024