Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mahalla» fondi ehtiyojmand aholiga 2 mlrd so‘mdan ziyod xayriya yordami ko‘rsatdi
“Mahalla” jamoat fondi tomonidan o‘tgan 6 oyda ehtiyojmand aholi qatlamiga 2 milliard so‘mdan ziyod xayriya yordami ko‘rsatildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda fond axborot xizmati rahbari Hasan Salomov ma’lum qildi.
Hasan Salomov
Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan o‘tgan 6 oy davomida ehtiyojmand aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarga 100 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ajratildi.
O‘tgan yarim yilda fond mablag‘lari hisobidan 248 ta fuqarolar yig‘iniga 1 milliard 238 mln so‘mlik kompyuter texnikalari olib berildi. 258 ta mahalla idorasiga esa 1 mlrd 547 mln so‘mlik mebel jihozlari olib berildi.
Mustaqillik 31 yilligi oldidan Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi fuqarolar yig‘inlariga mebel va kompyuter jihozlari topshirildi.
Mavzuga oid
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
11:32 / 07.01.2026
Kriminogen mahallalarga rahbarlar nomma-nom biriktiriladi
13:31 / 05.01.2026
Mahallalarda muammolarni hal etish uchun mablag‘lar kamida 3 baravar oshiriladi
14:21 / 31.12.2025