Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash davlat dasturi qabul qilinadi
Prezidentning “2023-2027 yillarda bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023-2027 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash davlat dasturi tasdiqlanadi.
Quyidagilar 2023-2027 yillarda bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- homiladorlik dastlabki uch oyida ayollarni tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida ommaviy perinatal skriningdan o‘tkazish, xavf guruhiga kirgan homilador ayollarda genetik tekshiruvlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish;
- homila va kichik yoshdagi bolalarda xromosoma sindromlarini aniqlashda laborator diagnostika zamonaviy usullarini, molekulyar-tsitogenetik hamda molekulyar-genetik texnologiyalarni joriy etish;
- “Ona va bola skriningi” markazlarini yuqori texnologik tibbiy diagnostika uskunalari, sarflovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar bilan jihozlash orqali, ular moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish orqali chaqaloqlarni ommaviy tekshirish, bemor bolalarni dori vositalari va bolalar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish;
- “Ona va bola skriningi” markazlari kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sohaga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
- 2025 yil yakuniga qadar Toshkent shahrida respublika "Ona va bola skriningi" markazini xalqaro standart talablariga javob beradigan yangi binoga joylashtirish;
- 2024 yil 1 yanvariga qadar respublika hamda Nukus, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona “Ona va bola skriningi” markazlarini molekulyar-tsitogenetik tekshiruvlarni o‘tkazuvchi yuqori texnologik tibbiy diagnostik uskunalar bilan jihozlash.
Mavzuga oid
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
21:49 / 25.03.2026
“Oqsil bilan stomatitning farqiga borishmayapti” – vodiyda qoramollar kasallanishi haqida
19:20 / 16.03.2026
Kasallanganlarning o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin: insoniyatni xavotirda ushlab turgan 10 ta virus
12:17 / 13.03.2026