Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay aeroporti dunyodagi eng gavjum aeroportga aylandi
Dubay aeroporti avgustda 4,1 million nafar kishini qabul qilgan.
Foto: AP
Avgust oyida Dubay xalqaro aeroporti dunyodagi eng gavjum aeroport bo‘ldi. Bu haqda Travel Daily Media xabar berdi.
OAG aviatsion kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, Dubay aeroporti avgustda 4,1 million nafar kishini qabul qilgan.
2022 yilning ikkinchi choragida aeroportda 14,2 million nafar yo‘lovchi qayd etilgan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 3,4 million kishini qabul qilgan Londondagi Hitrou aeroporti egalladi.
Gavjum aeroportlar o‘ntaligidan shuningdek, Amsterdam (3,15 million kishi), Parijdagi Sharl-de-Goll (3,14 million kishi), Istanbul (2,9 million kishi), Frankfurt (2,9 million kishi), Doha (2,2 million kishi), Londondagi Gatvik (2,094 million kishi), Singapurdagi Changi (2,089 million kishi) va Madrid aeroporti (2,012 million kishi) o‘rin oldi.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
09:52 / 10.02.2026
Kuba: aeroportlarda aviayonilg‘i yo‘q - xorijiy reyslar qayta ko‘rib chiqilmoqda
22:14 / 07.02.2026
Dubayda haydovchisiz taksilar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
07:55 / 24.01.2026