Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari sonini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Rossiya qurolli kuchlari xizmatchilari soni oxirgi marta 2017 yilda belgilangandi. O‘shanda ularning soni 1 mln 902 ming 758 nafar bo‘lib, 1 mln 13 ming 628 nafari harbiylar edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlaridagi shtatlar sonini 2 mln 39 ming 758 nafarga yetkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning 1 mln 150 ming 628 nafarini harbiy xizmatchilar tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, farmon 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Rossiya qurolli kuchlari xizmatchilari soni oxirgi marta 2017 yilda belgilangandi. O‘shanda ularning soni 1 mln 902 ming 758 nafar bo‘lib, 1 mln 13 ming 628 nafari harbiylar edi. Yangi farmon bilan harbiylar soni 137 ming kishiga oshiriladi (+13,5 foiz).
15 iyul kuni Rossiyada qurolli kuchlarga bahorgi chaqiruv yakuniga yetdi. Bahorgi chaqiruv davrida mudofaa vaziri Sergey Shoygu armiyaga yangi chaqirilganlar hech qanday qaynoq nuqtalarga yuborilmasligiga va’da bergandi.
Kuzgi chaqiruv 1 oktyabrda boshlanadi va 31 dekabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026