Jahon | 14:40 / 25.08.2022
22385
6 daqiqa o‘qiladi

Temiryo‘l bekatida halok bo‘lgan bolalar, Donetskda savdo markazida yong‘in. Urush suratlari

24 avgust kuni Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganiga roppa-rosa yarim yil to‘ldi — shu kuni Ukrainaning SSSRdan ajralib chiqqanining 31 yilligi ham nishonlandi. Ukrainlar mustaqillik kunini rossiyaliklarning Kiyev markaziga o‘rnatilgan yakson qilingan zirhli texnikalari o‘rtasida nishonlashdi, oldingi chiziqlardagi ukrain harbiylari uchun konsert dasturlari uyushtirildi. Bundan tashqari, shu kuni Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk oblastidagi Chaplino temiryo‘l bekatiga raketa zarbalari yo‘lladi; Ukraina hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra 25 kishi halok bo‘lgan, shundan ikki nafari bolalar, kamida ellik kishi yaralangan.

Quyida Ukrainaning turli nuqtalarida 24 avgust, urushning 182-kuni olingan suratlar keltiriladi.

Kunning asosiy voqeasi. Dnepropetrovsk oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida 25 qurbon

24 avgust kuni Dnepropetrovsk oblastidagi Chaplino temiryo‘l stansiyasiga raketa zarbasi berilishi oqibatlari. Raketalar temiryo‘l izida turgan yo‘lovchi poyezdiga ham kelib urilgan. Dastlabki xabarlarda hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgani va kamida 50 kishi yaralangani aytilgandi. Volodimir Zelenskiy esa tungi murojaatida qurbonlar soni kamida 22 kishini tashkil qilayotganini aytdi. 25 avgust tongiga kelib Ukraina hukumati 25 qurbon haqida ma’lumot berdi.
Dmitro Kulebaning Twitter sahifasi
Rossiyaning Chaplino temiryo‘l stansiyasiga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan 11 yoshli bola jasadi. Oblast rahbari Valentin Reznichenkoning xabar qilishicha, yana bir olti yoshli bola ham hujum qurboniga aylangan.
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA
Chaplino temiryo‘l stansiyasiga hujum qurboni bo‘lgan 11 yoshli bolaning otasi
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA
Chaplino temiryo‘l stansiyasiga hujum oqibatlari
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi o‘t o‘chiruvchilar 

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Baxmutda Rossiya zarbalari oqibatida yakson qilingan uy hududida olovni o‘chirmoqda. Donbass shimolida RF armiyasi yurishlari sekinlab qolgan bo‘lsa-da, front chizig‘ida joylashgan shaharlar — jumladan Baxmut ham — har kuni raketa va artilleriya zarbalari ostida qolmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Donetskdagi savdo markazi o‘qqa tutilishi

«DXR» poytaxtidagi «Galaktika» savdo markazida chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar. Rossiya nashrlari savdo markazi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganini yozgan. Ukraina hukumati bu hodisa bo‘yicha izoh bermagan, ukrain matbuoti esa «DXR» rasmiylari odatiy yong‘inlarni ham Ukraina tomonidan o‘t ochilishi oqibatlari sifatida ko‘rsatishga urinayotgani haqida xabar bergan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Galaktika» savdo markazi ustidagi quyuq qora tutun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk ko‘chalari «Galaktika» savdo markazidagi yong‘in tufayli tutunga to‘ldi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk aholisi vakili «Tsentral» mehmonxonasi atrofini tozalamoqda. Hudud o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
Leon Klein / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda, qayerligi ma’lum qilinmagan

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi frontda
Vyacheslav Madiyevskyi / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Ukraina Milliy gvardiyasining havo hujumidan mudofaa tizimlari otryadi jangovar topshiriq paytida.
Vyacheslav Madiyevskyi / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi batareyasi front chizig‘ida o‘t ochmoqda
Vyacheslav Madiyevskyi / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida front chizig‘idagi konsert 

Ukrainalik skripkachi Moisey Bondarenko Xarkivdagi front chizig‘ida Ukraina maxsus amaliyot kuchlari jangchilari qarshisida chalmoqda. Ukrainalik artistlar mamlakat mustaqilligi kuni sharafiga frontchilar uchun konsertlar seriyasi tashkillashtirishdi.
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yaqinda qurilgan bombapanagoh — Xarkivdagi avtobus bekati. 24 avgustga o‘tar kechasi shaharning ikki rayoni o‘qqa tutildi, binolardan birida yong‘in chiqqan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivdagi bombapanagohlardan birining ichkaridan ko‘rinishi, unda jamoat transporti bekati funksiyalari takrorlanadi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda Ukraina mustaqillik kuni nishonlanishi 

Kiyevliklar Ukraina mustaqillik kunida poytaxt markaziga qo‘yilgan rossiyaliklarning yakson etilgan zirhli texnikalarini tomosha qilmoqda. Bu shaharliklar uchun tomoshaga chiqish mumkin bo‘lgan yagona joy edi — shu kuni Kiyevdagi barcha ommaviy tadbirlar Rossiya tomonidan raketa zarbalari bo‘lishi xavfi tufayli bekor qilingandi. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan Ukraina mustaqilligiga 31 yil to‘lgan kunda Kreshchatik maydoni bo‘ylab harakatlanmoqda. Jonson Rossiya bosqinidan keyin Kiyevga kelgan ilk xorijiy yetakchilardan bo‘lgandi, bu uning Ukrainaga uchinchi tashrifidir. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina bayrog‘ini ko‘targan o‘smir velosipedida Ukrainada o‘tgan yili mustaqillik kuni bayrami vaqtida chizilgan «Mustaqillik 30» graffitisi yonidan o‘tmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid