Chaplinoda yakson bo‘lgan poyezdlar, Zaporijjya AES ustida tutun buluti. Urush suratlari
25 avgust kuni RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Chaplinoni o‘qqa tutganini tasdiqladi — go‘yoki zarba ukrain harbiylari bo‘lgan eshelonga berilgan. Hujum oqibatida, Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 25 kishi, jumladan ikki bola ham halok bo‘lgan. RF Davlat dumasi kengashi BMT va Xalqaro atom energetikasi agentligini Ukrainadan Zaporijjya AES bo‘ylab o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilishga chaqirdi: tomonlar bir-birini stansiyaga zarba berishda ayblamoqda. Xerson va Zaporojjya oblastlarining bir qancha yirik shaharlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Zaporojjya AESda xavfsizlik tizimlari ishga tushgan. Ukrainaning «Energoatom»i ZAES tarixida ilk bor stansiya energotarmoqdan butunlay uzilishi kuzatilganini xabar qildi. Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlarining shtatdagi xodimlari sonini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi: 2023 yil yanvaridan armiyadagi harbiylar soni 1 million 150 ming kishiga yetadi.
Quyida 25 avgust, urushning 183-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Zaporojjya AES ustida tutun
Dnepropetrovsk oblastining Chaplino posyolkasiga hujum oqibatlari