Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan 18,6 ming dollarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan xorijlikning 10 yil O‘zbekistonga kirishiga taqiq qo‘yildi
Sud 18,6 ming dollarni davlat foydasiga musodara qilgan. Qonunbuzarga BHMning 100 barobari miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.
Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 29 aprel kuni “Jartepa” chegara bojxona postida “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, qo‘shni davlatga chiqib ketmoqchi bo‘lgan xorijiy davlat fuqarosini bojxona xodimlari bojxona nazoratidan o‘tkazishgan.
Tekshiruv davomida chet ellik bojxona deklaratsiyasiga kiritmasdan, tanasining bel qismiga o‘ragan holda, bojxona nazoratidan yashirib, jami 207 944 280 so‘m ekvivalentidagi 18 600 AQSh dollarini olib ketayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan sudning hukmi bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchiga BHMning 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, 18 600 AQSh dollari davlat foydasiga musodara qilingan hamda sudlanuvchi 10 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi cheklangan.
Avvalroq, DXX Namangan viloyatida O‘zbekistondan 2 mln dollardan ortiq valutani olib chiqib ketayotganlarni ushlagandi.
Mavzuga oid
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026