Dastlab, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1985 va 1992 yilda tuğilgan aka-uka “Lasetti” avtomaşinasida özbek-qirğiz davlat çegarasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida töxtatildi. 

Avtomaşina közdan keçirilganda, uning orqa örindiği pastki qismida bir dona polietilen paketda 205 600 AQŞ dollari, sintetik qopda esa 836 300 AQŞ dollari, şuningdek, boşqa bir sintetik qopda 800 000 AQŞ dollari, jami 1 841 900 AQŞ dollari borligi aniqlanib protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
 
Mazkur çet el valuta qimmatliklarini yetkazib berayotgan şaxslarni aniqlaş maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, Kosonsoy tumanida tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi, 1989 yilda tuğilgan şaxs qölga olindi. Uning “Malibu” avtomaşinasi közdan keçirilganda salon qismida 167 100 AQŞ dollari borligi aniqlandi. 

Ötkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 2 mln 9 ming AQŞ dollarining noqonuniy ravişda mamlakatdan olib çiqib ketilişiga çek qöyildi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.