Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada The True Story yangiliklar agregatori bloklandi
«Yandeks.Novosti» loyihasining sobiq rahbari tomonidan yaratilgan yangiliklar agregatori uch kun davomida bloklashsiz ishladi. Lev Gershenzon VPN orqali The True Story’ni o‘qishga chaqirdi.
Roskomnadzor 25 avgust, payshanba kuni «Yandeks.Novosti» loyihasining sobiq rahbari Lev Gershenzon tomonidan yaratilgan The True Story yangiliklar agregatorini blokladi. Bloklash Bosh prokuratura talabiga binoan amalga oshirilgan.
The True Story sayti Rossiyada atigi uch kun ishladi. Gershenzonning o‘zi bloklashni «keyingi bosqichga rejalashtirilgan o‘tish» deb atadi va rossiyaliklarni VPN orqali yangiliklar agregatoridan foydalanishni davom ettirishga chaqirdi. «Ular bizga to‘liq uch kun – avgust oyi va ta’til mavsumida bemalol ishlashimizga ruxsat berishlariga ham umid qilmagandim», — deb yozdi tadbirkor Facebook’dagi o‘zining sahifasida.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin Roskomnadzor mustaqil Rossiya va xorijiy ommaviy axborot vositalarining veb-saytlarini bloklashni boshladi. Shu tariqa, regulyator allaqachon o‘nlab resurslarni bloklab qo‘ydi. Ular orasida Germaniyaning Bild tabloidi, Finlandiyaning Yle teleradiokompaniyasi, «Ozodlik radiosi»ning arman xizmati, Deutsche Welle, Euronews va Delfi saytlari bor.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026