O‘zbekistonda avtomobillarni ijaraga berishda firibgarliklar ortgani ma’lum bo‘ldi
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda respublikada 700 dan ortiq yuridik shaxslar yengil avtomobillarni ijaraga yoki lizingga beruvchi sub’yekt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, 2021 yilda ushbu sub’yektlar tomonidan jami qiymati 1 trln so‘mdan ortiq bo‘lgan 2 mingdan ortiq bitim tuzilgan.
Mazkur sub’yektlar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotlar qiymati jami lizing tashkilotlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotlar qariyb 20 foiz qismini tashkil etadi.
Biroq, tahlillar natijasi avtomobillarni ijaraga yoki lizingga berishda firibgarlik jinoyatlarini sodir etish holatlari soni ortganini ko‘rsatmoqda. Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlarga asosan, avtomobillarni ijaraga yoki lizingga berishdagi firibgarlik jinoyati bo‘yicha 2020 yilda 10 shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2 baravar ortib 22 tani tashkil etgan.
Jinoyatlar natijasida fuqarolarga yetkazilgan zarar 2020 yilda 8,2 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich qariyb 9 baravar ortib 69,3 mlrd so‘mga yetgan. Jinoyat natijasida jabr ko‘rganlar soni 16 baravarga ortib, 16 805 tani tashkil etgan.
Yangi hujjat loyihasiga ko‘ra, keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish shartnomasi aniq ta’rifi va uning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanmoqda.
Keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish shartnomasi yoki lizing shartnomasi tuzilgan vaqtdan e’tiboran shartnoma obekti lizing (ijara)ga oluvchi foydasiga qonuniy garov sifatida ro‘yxatga olinishi nazarda tutilmoqda.
Undiruvni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish va lizing shartnomasi obektiga qaratish o‘ziga xos jihatlari belgilanmoqda.
Keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish shartnomasi yoki lizing shartnomasi tuzilganidan keyin shartnoma obektini tasarruf etish bilan bog‘liq shartnomalar tuzish taqiqlanmoqda.
Loyiha qabul qilinishi natijasida, keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga yoki lizingga berish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi, avtotransport vositalarini ijaraga yoki lizingga berishdagi firibgarlik jinoyatlari oldi olinadi, ijara yoki lizingga oluvchilar mulk huquqlari kafolatlari ta’minlanadi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
15:11 / 05.11.2024