Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyuldan e’tiboran pasport, ID-karta, haydovçilik guvohnomasi va boşqa 15 dan ortiq hujjatlarning elektron şakli rasman tan olinişi, ularni MyGov ilovasi orqali taqdim etiş mumkinligi haqidagi xabar tarqaldi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda ijtimoiy karta tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida ham belgilangan.

Şundan söng YHXX rasmiy munosabat bildirib, mazkur tartib yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan yölda ötkaziladigan tekşiruvlarga töliq tatbiq etilmasligini ta’kidladi.

Xizmat ma’lumotiga köra, haydovçilar transport vositasini boşqarayotganda YPX xodimi talabiga binoan biometrik pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etişi şart.

Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 iyuldan 17 turdagi hujjatlarning raqamli servislari joriy etilgan. Unga köra, mazkur raqamli hujjatlarning qoğoz nusxasi banklar, notarial idoralar, aeroportlar, temir yöl obektlari hamda davlat organlarida talab etilmaydi. YHXXning ta’kidlaşiça, uşbu tartib ma’muriy amaliyot markazlari, şuningdek, röyxatlaş va imtihon oliş bölimlarida ham töliq amal qiladi.

Biroq Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasiga asosan, yölda transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçi şaxsini tasdiqlovçi hujjat — pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etişi lozim.

YHXX qayd etişiça, haydovçida pasport yoki ID-karta mavjud bölsa, haydovçilik guvohnomasi, transport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma, transport vositasiga egalik yoki undan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar, suğurta polisi hamda oynalarni qoraytiriş uçun berilgan ruxsatnomani alohida olib yuriş talab etilmaydi.