Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon iqtisodiy faollik ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonda 1-o‘rinni egalladi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari O‘zbekiston hududlarida Iqtisodiy faollik barometri (IFB) natijalarini e’lon qildi.
IFB ma’lum bir davrda hududdagi iqtisodiy faollikni baholaydi. Faollik pasayishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda hududlar o‘rtasida raqobatni rag‘batlantiradi. IFB 12 ta ko‘rsatkichni 3 ta komponentga bo‘lgan holda (ishlab chiqarish, tadbirkorlik, tashqi savdo faolligi) hisoblanadi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yil birinchi yarmida iqtisodiy faollik yuqori ko‘rsatkichlari Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida (IFB = 0,569-0,678) kuzatilgan.
Bunga Andijon va Jizzax viloyatlarida iste’mol tovarlarni ishlab chiqarishda hamda tovar va xizmatlar eksporti, importida kuzatilgan jadal o‘sish ishlab chiqarish va tashqi savdo faolligiga, IFB indeksiga ijobiy ta’sir etgan. Buning natijasida Andijon (12-o‘rindan 1-o‘ringa) va Jizzax viloyatlari (9-o‘rindan 2-o‘ringa) hududlar orasida o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga erishdi.
Samarqand viloyati IFB yuqoriligi (3-o‘rin) ushbu hududda tadbirkorlik faoliyati (kichik biznes sub’yektlari tashkil etish va samarali faoliyat yuritish qulayligi), eksport salohiyati (oziq-ovqat mahsulotlari, turizm xizmatlari) rivojlangani natijasida kuzatildi.
Hisobot davrida 6 ta hudud (Andijon, Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand viloyatlari) iqtisodiy faolligini yaxshilagan bo‘lib, bunda tadbirkorlik (kichik biznes sub’yektlarini tashkil etish va faoliyatini rag‘batlantirish natijasida tadbirkorlik faolligi indeksi 0,588-0,650 ga teng bo‘lgan) iqtisodiy rivojlanishni yuzaga keltiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
10:20 / 03.07.2026