Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekistonda avtomobillarga energiya berish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etadi
BAAdagi nufuzli xalqaro kompaniya O‘zbekiston energetika bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston elchixonasida Capton energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqotda O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avtomobilsozlikda qayta tiklanuvchi energiyaga asoslangan transport vositalari ishlab chiqarish va elektronika sohasida ehtiyot qismlar tayyorlash bo‘yicha loyihalar haqida so‘zlab berildi.
Capton energy vakillari O‘zbekistonda energetika va boshqa sohalarda hamkorlik qilish uchun istiqbollar kengligini ta’kidlab, kichik hajmdagi quyosh energiyasiga asoslangan energetika loyihalarini amalga oshirish, avtomobillarga energiya berish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda Capton energy kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish, mamlakat vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazib, istiqbollarni belgilab olish kelishuviga erishildi.
Mavzuga oid
10:25
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
22:44 / 01.07.2026