Jahon | 11:42 / 29.08.2022
2721
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Braziliya shaharsozlik sohasida hamkorlik o‘rnatadi

O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Javlon Vahobov Brazilia shahriga tashrifi davomida poytaxt shahar Xalqaro aloqalar ofisi direktori o‘rinbosari Emiliano Diogenes Abreu bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Uchrashuvda Braziliya vakili O‘zbekiston poytaxti bilan ikki tomonlama hamkorlikka tayyorligini bildirib, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, shahar boshqaruvi, energetika, transport va shaharsozlik sohalari qiziqish kasb etishini ta’kidladi

Bundan tashqari, jamoat xavfsizligi, suv resurslari, qattiq chiqindilar, qayta tiklanadigan energiya, madaniy meros va sport kabi yo‘nalishlarda istiqbolli munosabatlar o‘rnatilishiga istak borligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston shaharlari bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid