O‘zbekiston | 17:27 / 29.08.2022
6246
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodining uzluksiz ish rejimiga o‘tilayotgani ortidan mahsulotlar tannarxining kamaytirilishiga erishilmoqda

“Uzbekistan GTL” zavodida joriy yil iyun oyidan mintaqada birinchi sintetik suyuq mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Joriy yil iyul oyidan boshlab ichki iste’molchilarga yuqori sifatli, K-6 ekologik sinfiga mansub, Yevro 6 talablariga to‘liq javob beradigan sintetik dizel yonilg‘isi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilinmoqda. Bugungi kunga qadar birja savdolari orqali iste’molchilarga 35,0 ming tonnadan ortiq sintetik dizel yonilg‘isi 1 tonnasi 15,5 mln so‘mdan 18,9 mln so‘mgacha sotildi va o‘z vaqtida yetkazib berildi.

Sintetik dizel yoqilg‘isi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Ohangaronsement” AJ, respublikadagi barcha neft bazalar, yirik agroklasterlar, qurilish tashkilotlari va bir qator xususiy tadbirkorlar tomonidan doimiy ravishda xarid qilinmoqda va iste’molchilar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

“Uzbekistan GTL” zavodida sinov rejimidan to‘liq ish rejimiga o‘tish ishlari boshlanganligi sababli mahsulot ishlab chiqarish xajmlari bosqichma-bosqich ortmoqda. Joriy yil iyun oyida bir kunda 800,0 tonna sintetik dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, sentabr oyida ushbu ko‘rsatkich 1 400,0 tonnagacha ortishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirilishiga erishilmoqda.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari ortishi respublikamiz yoqilg‘i mustaqilligiga yana bir katta qadam sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

“Uzbekistan GTL” zavodining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan respublika ichki iste’molchilariga yuqori sifatli dizel yonilg‘isini past narxlarda yetkazib berishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida joriy yil 29 avgustdan boshlab O‘zRTXB orqali sotuvga chiqariladigan sintetik dizel yonilg‘isining 1 tonnasi boshlang‘ich narxi 14 504 378 so‘mgacha arzonlashtirilishi belgilandi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Kelgusida zavod tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari ortishi natijasida ularning tannarxi va mos ravishda birja savdolariga qo‘yiladigan boshlang‘ich narxlari ham bosqichma-bosqich pasayib borishiga erishiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatiⓉ

Mavzuga oid