Jahon | 21:24 / 30.08.2022
27395
1 daqiqa o‘qiladi

Hind milliarderi dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Gautam Adanining boyligi 137,4 mlrd dollar deb baholanmoqda. U dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa joylashgan birinchi osiyolik tadbirkor bo‘ldi.

Foto: Tomohiro Ohsumi / Bloomberg

Hindistondagi Adani Group konglomerati asoschisi Gautam Adani dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bloomberg nashri uning boyligini 137,4 mlrd dollar deb baholamoqda.

Bu yaqin vaqtgacha jahon reytingida uchinchi o‘rinda bo‘lib turgan fransuz biznesmeni Bernar Arnoning boyligidan 1,5 mlrd dollaga ko‘p.

Reytingning eng yuqorisidan Ilon Mask (251,4 mlrd dollar) va Jyeff Bezos (153,4 mlrd dollar) joy oldi.

Qayd etilishicha, Adani dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa joylashgan birinchi osiyolik tadbirkor bo‘ldi.

Adani Group o‘z faoliyatini ko‘mir va olmos savdosidan boshlagan. Kompaniya hozirda savdodan tashqari, foydali qazilmalarni qazib olish, energiya, sement ishlab chiqarish, data-markazlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid