O‘zbekiston | 16:00 / 30.08.2022
8594
6 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligida ta’lim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Foto: O‘zbekneftgaz

Ma’lumki, joriy yilning 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu Qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlanib, uning asosiy vazifalari belgilab olindi.

2022 yilning 30 avgust kuni “Uzbekistan GTL” zavodining ma’muriy binosida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligida Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastlab, yig‘ilish kun tartibida Davlat rahbarining qarori bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Ta’kidlash joizki, Qaror ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yil 19 iyulda Boshqaruv qarori hamda “Nazorat reja”si tasdiqlandi. Bundan tashqari, 2022–2023 yillarda neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasterini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning har bir bandi bo‘yicha Jamiyat va ishlab chiqarish korxonalarining mas’ullari belgilab olindi.

Yig‘ilishda Boshqaruv raisi korxonalarda kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlar orasidan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bakalavriat va magistraturada o‘qish istagi bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati shakllantirilganligi va ularga tavsiyanomalar berilganligi maqsad sari bosilgan ilk qadam ekanligini alohida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, Boshqaruv raisi tomonidan joriy yilning 1 oktyabriga qadar 2022/2023 o‘quv yilida neft va gaz sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va talabalar uchun stipendiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qarorga muvofiq, “UNG training” MChJning yangi tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlangan.

Yig‘ilishda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ direktori Shuhrat Aslanovning

2022 yil yakuniga qadar ushbu o‘quv markazining G‘uzor tumanidagi binosi rekonstruksiyasi, talabalar va o‘qituvchilar uchun yotoqxona, sog‘lomlashtirish maskanlari va boshqa zarur binolarni barpo etishni jadallashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Ushbu markaz zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, geologiya-geofizika, burg‘ilash, konlarni ishlatish va qazib olish, neft va gazni qayta ishlash, uglevodorod xomashyolarini saqlash va transport qilish, energetika, payvandlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus xonalar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Kengash a’zolari ushbu o‘quv markazida 2023 yildan boshlab har yili ishlab chiqarish korxonalarining kamida 1 000 nafar xodimi malakasini oshirish va ro‘yxatni shakllantirish masalasiga ham to‘xtalishdi.

Ta’lim klasteri doirasida maktab o‘quvchilarining ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalari hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan. Yig‘ilishda ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, maktablarning texnologiya fani ustaxonalarini qayta jihozlash va ta’mirlashga ko‘maklashish ishlari ham rejalashtirilib olindi.

Boshqaruv raisi tomonidan Klaster tarkibidagi ta’lim tashkilotlari uchun xorijiy adabiyotlar, ilmiy ishlanmalar xarid qilish hamda ularning axborot-resurs markazi fondlarini muntazam ravishda yangilab borish, talabalar va professor-o‘qituvchilar, ilmiy-pedagog xodimlarining stajirovkasini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasteridagi ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlari bilan hamkorlikda “Birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma” tasdiqlandi.

Mas’ullarga Yo‘l xaritada keltirilgan barcha ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish topshirig‘i berildi.

Ishlab chiqarish korxonalari rahbarlariga Qarorda belgilangan topshiriqlarni va Qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” hamda maqsadli ko‘rsatkichlarda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash talabi qo‘yildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi tomonidan ta’limsiz ishlab chiqarishda ko‘zlangan maqsadga yetib bo‘lmasligi, shunday ekan ta’limga katta e’tibor berilayotgani ta’kidlandi. O‘z navbatida, xususiy ishlab chiqaruvchilarni ham jalb qilish, oliy o‘quv yurtini tamomlayotgan talabalarni saralab olish, tanlovlar borasida OAV orqali e’lon berib borish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid