Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 mln dollar qarz ajratmoqda
Yaponiya tomoni bilan ayirboshlash notalari va O‘zbekiston tijorat banklari uchun kredit liniyasi doirasida qo‘shimcha 200 million dollar ajratish bo‘yicha qarz bitimi imzolandi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev kecha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Keyitiro Nakazava boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muzokaralarda «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» kredit liniyasi ikkinchi bosqichi doirasida qo‘shimcha 200 million dollar ajratish bo‘yicha ayirboshlash notalari va qarz bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha fermer xo‘jaliklari va tegishli tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida mahalliy tijorat banklariga kredit liniyasini ajratishni nazarda tutadi.
Bu O‘zbekistonda raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026