10 ta nazorat qiluvchi organ tadbirkorlarni 105 ta holatda noqonuniy tekshirgan

Foto: Shutterstock
O‘tgan olti oyda 10 ta nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlar faoliyati 105 ta holatda noqonuniy tekshirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari Jamshid O‘runov ma’lum qildi.
6 oy davomida 30 ta nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlar faoliyatida jami 89 064 ta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 913 tasi (1 foizi) biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda, qolgan 88 151 tasi (99 foizi) uni xabardor etgan holda o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tekshiruvlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo viloyatida – 9 419 ta, Samarqand viloyati – 6 932 ta, Toshkent viloyati – 6 622 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Nazorat qiluvchi organlar kelishish uchun kiritilgan jami 2 147 ta buyurtmalaridan 57,5 foizi tekshiruv o‘tkazish uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli rad etilgan.
O‘tkazilgan monitoringlarda 2022 yil olti oyida 10 ta nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyati 105 ta holatda noqonuniy tekshirilgani, 14 ta nazorat organi tomonidan 5 248 ta holatda tekshirish tartibi buzilgani aniqlandi.
6 oyda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha nazorat organlari 165 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va 26 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, 1 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:11
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
Mavzuga oid

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi

09:00 / 28.03.2024
Bosh konsulxona: Turkiya chegarasida mamlakatga kelayotganlarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar boshlandi

11:30 / 13.01.2024