O‘zbekiston va Ozarboyjon energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi va Ozarboyjon Energetika vazirligi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
«Yo‘l xaritasi» 2022-2023 yillar davomida tomonlar mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda tegishli tanlovlarda ishtirok etishga taklif qilishi, xususiy investitsiyalar hisobidan yangi issiqlik elektr stansiyalarini qurish sohasida bilim va ilg‘or tajriba almashish, o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish, energiya (elektr energiyasi va tabiiy gaz) bozorlarini liberallashtirish va yaratish, xususiylashtirishda tomonlarning ishtirokini ta’minlash va xususiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari bo‘yicha tajriba va axborot almashuvini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hujjat energiya resurslaridan samarali foydalanish sohasida hamkorlikni tashkil etish, investitsiyalarga xususiy sektorni jalb etish, kadrlar tayyorlash, «O‘zbekneftgaz» va SOSAR kompaniyasi kimyo, neft-gaz mahsulotlarini eksport-import qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, SOSAR bilan Ozarboyjonda geologik qidiruv va uglevodorodlarni qazib olish loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024