O‘zbekiston | 12:00 / 31.08.2022
4395
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi “Sho‘rtan” regionidagi konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlarida bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ushbu tashrif davomida “Sho‘rtan” konida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Jumladan, tabiiy gaz tarkibidan texnologik suv va mexanik birikmalarni ushlab qolish va tabiiy gaz qazib olish barqarorligini oshirish maqsadida 3-sonli gazni yig‘ish joyida “O‘zbekneftgaz” AJning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, qisqa muddatda Gazni birlamchi tayyorlash qurilmasi hamda “Sho‘rtan” konidagi quvurlarda gaz siqilib qolishning oldini olish maqsadida 4-sonli gaz yig‘ish punktida qo‘shimcha d-426mm bo‘lgan 8,8 km gaz quvuri qurib ishga tushirilgan edi.

“Ishchi guruh” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati va qazib chiqarishdagi o‘zgarishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi tomonidan ishga tushirilgan Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasini barcha texnologik ko‘rsatkichlarini raqamlashtirish doirasida dispetcherlik markaziga ulash va tabiiy gaz hajmlarini onlayn nazorat qilish yuzasidan ishlarni tashkil etish masalasida topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng “Sho‘rtan” konining chuqur qatlamlari istiqbolligini o‘rganish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “ishchi guruh” konning “Terrigen-yura” qatlamini o‘rganish bilan neft-gaz zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha burg‘ilash ishlari boshlangan “Terrigen-1” izlov-qidiruv qudug‘ida bo‘ldi.

“Sho‘rtan” hududidagi konlar, xususan “Sho‘rtan” koni Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va ushbu kompleks bazasida yangidan ishga tushirilayotgan GTL zavodining ham xomashyo bazasi hisoblanadi.

Uglevodorodlar zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Dastur asosida “Sho‘rtan” konida 3D seysmika-geofizika ishlari amalga oshirilib olingan natijalar tahlili asosida ushbu “Terrigen-1” qudug‘ini burg‘ilash ishlari boshlangan.

Shu bilan birga “Sho‘rtan” konidagi burg‘ilash ishlari olib borilayotgan 370-, 374-sonli yangi ishlatish quduqlarini burg‘ilashdan so‘ng o‘zlashtirish va quduqlarni ishlab chiqarishga qo‘shish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida pudratchi burg‘ilash tashkilotlari va tegishli departament boshliqlari bilan konlarda va yangi maydonlarda olib borilayotgan quduqlarni burg‘ilash va murakkab ta’mirlash ishlari muammoli masalalar muhokama qilinib ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Boshqaruv raisi vaxta uslubida ishlayotgan ishchi-xodimlari bilan suhbatlashib, ularga har doim yordamga tayyor ekanini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati hududidagi konlar va quduqlarda qazib chiqarish holati o‘rganilishi davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid