“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruvi raisi “Uzbekistan GTL” zavodidagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish holatini o‘rgandi va aviakerosin ishlab chiqarish rejalashtirildi
“O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari sintetik yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi holati o‘rganish maqsadida “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolarini ishlab chiqarilishi, mahsulotni saqlash, sotish hamda yetkazib berish jarayonlari bilan tanishib chiqildi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil etildi.
“Uzbekistan GTL” zavodida mavjud generatorlardan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi texnologik jarayonlarini va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obektlarini, “BATEMAN”, “KMPO” va “Shimoliy Nishon” siquv kompressor stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlar holati ham o‘rganildi.
Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari zavodining markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali zavoddagi uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Zavodning markaziy laboratoriyasi binosida joylashgan zamonaviy qurilma va asboblar orqali zavodda ishlab chiqarilayotgan “GTL” dizel yoqilg‘isi Euro-6 (YeN15940) Yevropa ekologik standarti va “O'zDSt EN 15940:2022” milliy standartining yuqori talablariga javob berishini tizimli va doimiy ravishda olib boriladigan laboratoriya tahlil jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Hozirgi kunda Uzbekistan GTL zavodida to‘laqonli ravishda mahalliy va xalqaro talablarga javob beradigan sintetik dizel mahsuloti ishlab chiqarilib kelinmoqda va iste’molchilarga muntazam yetkazib berilmoqda.
Boshqaruv raising topshirig‘iga asosan, keyingi bosqichda sintetik aviakerosin ishlab chiqarish jarayonlarini jaddalashtirish va xalqaro standart (ASTM D-7566) hamda texnik talablariga mos bo‘lgan sintetik aviakerosin ishlab chiqarishni boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Buning uchun hozirda asosiy texnologik qurilmalarining ishlab chiqarish rejimlari tashrif buyurishi rejalashtirilgan lisenziar “Sasol” va “Shevron” kompaniyalari vakillari bilan birgalikda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmlar berildi.
Tashrif yakunida, mas’ullarga sintetik yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlarni yetkazib berilishi to‘liq hamda doimiy nazoratda bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, GTL zavodida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024