O‘zbekiston | 21:50 / 31.08.2022
8898
1 daqiqa o‘qiladi

“Yechim prioritetlarda” - Allamjonov beshta ustuvor vazifa haqida

Foto: Komil Allamjonov / Telegram

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hukumatining keyingi besh yildagi asosiy beshta vazifasini e’lon qildi. Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ustuvorlik belgilanishi nima uchun muhimligini tushuntirdi.

“O‘zbekistonda yillar davomida to‘plangan muammolar juda ko‘p. Uni yechish uchun imkoniyat kam. Yechim qanday? Yechim prioritetlarda. Eng muhim fundamental yo‘nalishlarni aniq belgilab olib, asosan hamma kuchni shu masalalarga yo‘naltirishda”, – deya yozdi Allamjonov Telegram-kanalida.

2022-2026 yillar uchun O‘zbekistonda islohotlarning asosiy beshta yo‘nalishi quyidagilar etib belgilandi:

  1. Ta’lim
  2. Sud
  3. Tadbirkorlik
  4. Tibbiyot
  5. Ichimlik suvi ta’minoti

Mavzuga oid