Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Behzod Normatov prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi
Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” sobiq raisi, fevraldan buyon Administratsiyada shu’ba mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan Behzod Normatov prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Shunga o‘xshash lavozim yarim yil oldin Alisher Sultonovning iste’fosidan keyin bo‘sh turgan edi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan, Behzod Rahmatullayevich Normatov davlat rahbarining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Shunga o‘xshash lavozim 2025 yil dekabr oyida Alisher Sultonov ishdan olinganidan buyon bo‘sh qolayotgan edi.
Muqaddam energetika vaziri o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” raisi lavozimlarida ishlagan Behzod Normatov joriy yil fevralidan buyon Prezident administratsiyasida shu’ba mudiri sifatida ish boshlagandi.
Behzod Normatovning mehnat faoliyati:
- 2019 yil dekabr oyigacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
- 2019 yil dekabrida Energetika vazirligida Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
- 2020 yil aprelida energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan.
- 2021 yil avgustida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.
- 2023 yil boshida “O‘ztransgaz” raisligidan bo‘shatilgan, shundan so‘ng tog‘-kon va geologiya vaziri maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
- 2026 yil fevralida Prezident administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri etib tayinlangan
Mavzuga oid
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
10:40 / 01.06.2026
Metan-shoxobchalarda gaz narxi ko‘tarildi
21:35 / 20.05.2026