Ayrim korxonalarga «Olmaliq KMK»dan misni 10 yilgacha to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishga ruxsat beriladi
Mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: OKMK
Hujjat loyihasi bilan O‘zbekiston hududidagi misni qayta ishlash quvvati yillik 2 ming tonnadan yuqori bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2024 yil 1 yanvardan 2035 yil 31 dekabrga qadar “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini, istisno tariqasida uzoq (3 yildan 10 yilgacha) muddatli to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotib olishga ruxsat berilmoqda.
Bildirilishicha, mamlakatda mis xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ularga bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Qaror loyihasi kuchga kirishi mamlakatda mis xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi, misni qayta ishlash quvvatlari oshiriladi hamda ularga bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish kengaytirilishiga erishiladi.
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

17:27 / 12.02.2025